O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

INTERAKTIV KONSULLIK
XIZMATLARI

Interaktiv konsullik xizmatlar ko`rsatish elektron tizimi orqali O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishning qadamma-qadam tartibi

            Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish konsullik muassasalari tomonidan xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro`yxatida turadigan fuqarolarga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va xorijga olti oydan ko`p muddatga xizmat safari, o`qish, davolanish, kontrakt bo`yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik yashash uchun chiqqan hamda konsullik muassasalarida vaqtinchalik ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan oshiriladi.
        1. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun elektron ariza-anketa to`ldiriladi va zarur hujjatlar biriktiriladi.
        2. Elektron ariza-anketa to`ldirilganidan xamda zarur hujjatlar biriktirilganidan so`ng, elektron ariza-anketani va biriktirilgan hujjatlarning nusxasini chop etish lozim.
        3. Zarur hujjatlarning asli va nusxasini, biometrik ma`lumotlarni (barmoq izi, suratga olish) taqdim etish, shuningdek konsullik yig`imi va haqiqiy harajatning o`rnini qoplash hisobidan yig`imni to`lash uchun xorijdagi konsullik muassasasining qabuliga murojaat qilinadi.
        4. Arizachiga pasportning tayyor bo`lgani to`g`risidagi ma`lumot telefon/elektron pochta va h.k.z. orqali habar beriladi.