O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

INTERAKTIV KONSULLIK
XIZMATLARI

Interaktiv konsullik xizmatlari elektron tizimi orqali
NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN ARIZA BERISH TARTIBI

            Horijda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining horijdagi diplomatik vakolathonalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.

        O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq nikohni bekor qilish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi.
            - nikohni bekor qilishga er-xotinning o‘zaro roziligi;
            - voyaga yetmagan farzandlar (farzandlikka olinganlari ham) mavjud emasligi;
            - o‘zaro mulkiy nizolar mavjud emasligi.

        Shuningdek, nikohni bekor qilinganlikni qayd qilish va nikohi bekor qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirib berish xorijiy davlatning sud qarori asosida (belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan holda) turmush o‘rtoqlardan birining arizasiga binoan amalga oshirilishi mumkin.

        1. Nikohni bekor qilinganlikni qayd qilish uchun ariza-anketa elektron shaklda to‘ldiriladi. Turmush o‘rtoqlardan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarish istagi mazkur arizada ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

        2. Elektron arizani to‘ldirish jarayonida quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalari yuklanishi lozim:

            - nikohdan ajraluvchilar pasportlarining nusxalari;
            - nikohdan ajraluvchilarning nikohdaliklarini tasdiqlovchi nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
            - xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan chiqarilgan ajrashish to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi (xorijiy davlatning sud qarori asosida ajrashgan taqdirda).
        3. Elektron ariza to‘ldirib kerakli hujjatlarni yuklangandan so‘ng "qo‘shish" tugmasini bosishingiz kerak va ekranga chiqqan arizani saqlab qo‘yishingiz yoki bosmalab olishingiz lozim.

        4. 3 kun ichida ariza beruvchi konsullik yig‘imlarini to‘lash zarurligi to‘g‘risida xabarnoma oladi va to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng - hujjatlarni ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma oladi.

        5. Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa, ariza beruvchi 3 kun ichida yetishmayotgan hujjatlarni qayta yo‘naltirish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma yoki boshqa ko‘rsatmali xabarnoma oladi.

        6. Hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng va hujjatlar topshirilganiga uch oy bo‘lgach, ariza beruvchi elektron shaklda yuborilgan hujjatlarning asl nusxasini taqdim etish, dalolatnoma yozuvlariga imzo qo‘yish va bekor qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasini olish uchun konsullik idorasida qabulga yozilish zarurligi to‘g‘risida xabar oladi.