O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

INTERAKTIV KONSULLIK
XIZMATLARI

Interaktiv konsullik xizmatlari elektron tizimi orqali
O‘LIMNI QAYD ETISH TARTIBI

            O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslari o‘limni O‘zbekiston Respublikasining horijdagi diplomatik vakolatxonalarida qayd etish O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘limni qayd etish to‘g‘risida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma'muriyati marhumning o‘limini tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda murojaat etishlari mumkin.

        O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak.

        1. O‘lim haqida guvohnomani olish uchun elektron ariza to‘ldiriladi.
             Elektron arizani to‘ldirish jarayonida quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalari yuklanishi lozim:
            - marhumning pasporti nusxasi;
            - O‘lim haqidagi tibbiy ma'lumotnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish to‘g‘risidagi qarori. Tibbiy ma'lumotnoma yoki sudning qarori o‘rnatilgan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi kerak;

        2. Elektron arizani to‘ldirib kerakli hujjatlarni biriktirgandan so‘ng "qo‘shish" tugmasini bosishingiz kerak va ekranga chiqqan arizani saqlab qoyishingiz yoki bosmalab olishingiz lozim.

        3. Kun davomida ariza beruvchi elektron shaklda hujjat tayor bo‘lganligi haqida xabarnoma oladi va yuborilgan hujjatlarning asl nusxasini taqdim etish, dalolatnoma yozuvlariga imzo qo‘yish, hamda o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasini olish uchun konsullik idorasida qabulga yozilish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma oladi.

        4. Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa, ariza beruvchi kun davomida yetishmayotgan hujjatlarni qayta yo‘naltirish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma yoki boshqa ko‘rsatmali xabarnoma oladi.