O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

INTERAKTIV KONSULLIK
XIZMATLARI

Interaktiv konsullik xizmatlari elektron tizimi orqali
TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASINI OLISHGA ARIZA BERISH TARTIBI

            Horijda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining horijdagi diplomatik vakolathonalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.

        Bolaning tug‘ilishini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar kerak:
        a) bolaning ota-onasi qonuniy nikohda bo’lsa:
            - tibbiy muassasaning bola tug‘ilganligi haqidagi ma’lumotnoma asl nushasi;
            - bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risida ota-onaning arizasi (elektron ko‘rinishda to‘ldiriladi);
            - bolaning ota-onasi pasportlari;
            - bolaning ota-onasi nikohi haqidagi guvohnomasi.

        b) bolaning ota-onasi qonuniy nikohda bo‘lmasa va otalikni belgilash uchun:
            - tibbiy muassasaning bola tug‘ilganligi haqidagi ma’lumotnoma asl nushasi;
            - otalikni belgilash uchun bolani ota-onasining arizasi (elektron ko‘rinishda to‘ldiriladi);
            - bolaning ota-onasi pasportlari.

        c) yolg‘iz onadan tug‘ilgan bola uchun:
            - tibbiy muassasaning bola tug‘ilganligi haqidagi ma‘lumotnoma asl nushasi;
            - bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risida yolg‘iz onaning arizasi (elektron ko‘rinishda to‘ldiriladi);
            - bolani onasining pasporti.

        1. Tug‘ilganlik guvohnomasini olish uchun elektron ariza to‘ldiriladi.
             Elektron arizani to‘ldirish jarayonida quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalari yuklanishi lozim:
            - tibbiy muassasaning bola tug‘ilganligi haqidagi ma‘lumotnoma asl nushasi;
            - bolaning ota-onasi pasporti, (agar yolg‘iz ona bo‘lsa faqat onaning pasporti);
            - nikoh guvohnomasi (bolaning ota-onasi qonuniy nikohda bo‘lsa).

        2. Elektron ariza to‘ldirib kerakli hujjatlar yuklangandan so‘ng "qo‘shish" tugmasini bosishingiz kerak va ekranga chiqqan arizani saqlab qo‘yishingiz yoki bosmalab olishingiz lozim.

        3. 3 kun ichida ariza beruvchi konsullik yig‘imlarini (faqat) to‘lash zarurligi to‘g‘risida xabarnoma oladi va to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng - hujjatlarni ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma oladi.

        4. Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa, ariza beruvchi 3 kun ichida yetishmayotgan hujjatlarni qayta yo‘naltirish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma yoki boshqa ko’rsatmali xabarnoma oladi.

        5. Hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng ariza beruvchi elektron shaklda hujjat tayor bo‘lganligi haqida habarnoma oladi va yuborilgan hujjatlarning asl nusxasini taqdim etish, dalolatnoma yozuvlariga imzo qo‘yish, hamda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasini olish uchun konsullik idorasida qabulga yozilish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma oladi.