O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

INTERAKTIV KONSULLIK
XIZMATLARI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA QAYTISh UChUN GUVOHNOMA (SERTIFIKAT) НИ INTERAKTIV KONSULLIK XIZMATLARI ELEKTRON TIZIMI ORQALI OLIShNING QADAMMA-QADAM TARTIBI

            O`zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O`zbekistonda doimiy ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxsning yo`l hujjati yo`qotilgan, yaroqsizlangan, o`g`irlangan, amal qilish muddati tugagan, varaqlari yozuvga to`lgan, xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan holatlarda, shuningdek shaxs muqaddam pasport bilan hujjatlashtirilmagan bo`lsa beriladi. Guvohnoma bir oydan uch oygacha amal qilish muddati bilan beriladi.
        1. O`zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomani olish uchun elektron anketa to`ldiriladi.
        2. Elektron anketaga ariza beruvchining fotosurati yuklanadi.
        3. Elektron tarzda to`ldirilgan anketaga quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalari ilova qilinadi:
            - shaxsni tasdiqlovchi hujjat (yaroqsizlangan, amal qilish muddati tugagan, varaqlar yozuvga to`lgan holatlarada);
            - istiqomat qilib turilgan mamlakatning vakolatli organlari tomonidan berilgan pasport yo`qotilgani, o`g`irlangani yoki olib qo`yilganligi to`g`risidagi hujjat;
            - shaxsni tasdiqlovchi yo`qotilgan hujjatning nusxasi yoki O`zbekiston Respublikasi tomonidan berilgan arizachining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat (agar mavjud bo`lsa);
            - tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va ota-onasi pasportlari (muqaddam pasport bilan hujjatlashtirilmagan shaxslar uchun);
        4. Elektron anketa to`ldirilganidan va kerakli hujjatlar biriktirilganidan so`ng, kodni tasdiqlab “yuborish” belgisini bosish va kompyuter ekranida PDF shaklida elektron anketa paydo bo`lishi bilan uni bosmalash kerak.
        5. Elektron anketa to`ldirilganidan va kerakli hujjatlar biriktirilganidan so`ng, kodni tasdiqlab, bir kun ichida ariza beruvchiga konsullik xizmatlari uchun to`lash zarurligi to`g`risida va to`lov amalga oshirilganidan so`ng xujjatlarni ko`rib chiqish uchun qabul qilinganligi haqida xabar keladi. Konsullik xizmatlari uchun to`lashdan ozod etilishi tegishli me`yoriy huquqiy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. “yuborish” belgisini bosish va kompyuter ekranida PDF shaklida elektron anketa paydo bo`lishi bilan uni bosmalash kerak.
            Agar taqdim etilgan hujjatlar o`rnatilgan talablarga javob bermasa, ariza beruvchiga 1 kun ichida yetishmayotgan hujjatlarni yuborish yoki boshqa tegishli ma`lumot to`g`risida xabar keladi.
        6. Konsullik xodimi tomonidan guvohnoma tayyorligi xaqida xabar kelishi bilan, xorijdagi muassasasi qabuliga navbatga yozilib 3 nusxada so`rovnoma-ariza va ikkita rangli 3,5x4,5 sm fotosuratga qo`shimcha ravishda mavjud bo`lgan skaner qilinib, ilova qilingan xujjatlarni asli va nushalarini taqdim etish lozim.
        7. Arizachi O`zbekiston Respublikasiga qaytib kelganidan keyin 10 kunlik muddatdan kechiktirmasdan guvohnomani yashash joyidagi ichki ishlar organiga yangi pasport olish uchun topshirishi lozim.
            Quyidagi holatlarda arizachiga O`zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma berish rad etilishi mumkin:
            - bila turib o`zi haqida yolg`on ma`lumotlar berish yoki yo`l hujjatining yo`qolganligi yolg`on bo`lib chiqqanda;
            - topshirilgan hujjatlarning o`rnatilgan talablarga muvofiq emasligi (ro`yxat bo`yicha to`liq emasligi, noto`g`ri to`ldirilganligi).